BIR TALABAGA - BIR KO'CHAT

         “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETIning Gidromelioratsiya fakulteti dekanati va fakultet Yoshlar ittifoqi, fakultet talaba yoshlarining ekologiyaga oʻz hissalarini qoʻshish hamda har bir insonning bajarish kerak boʻlgan burchlaridan biri hisoblangan daraxt ekish burchini amalga oshirish maqsadidagi tashabbusini qoʻllab quvvatlash maqsadida talabalar bilan birgalikda 2022 yil 3 aprel kunida fakultet talabalari oʻrtasida “Bir talabaga-Bir koʻchat” aksiyasi oʻtkazdi.

         Fakultet talabalari universitetimiz avtobusida va qoʻshimcha mashinalarda erta tongda Universitetning Toshkent viloyati Oʻrta chirchiq tumanida joylashgan amaliyot oʻquv markaziga yetib borishdi. Talaba yoshlar musaffo osmon ostida 400 tub terak koʻchatini charchoq bilmay yerga oʻtqazdilar. 50 tub oq tut va 50 tub qoratut koʻchatlarini kun issiq boʻlishiga qaramasdan savobli ishni kechiktirmaslik maqsadida ishni yana ham jadallik bilan davom ettirib soʻngra yakunlashdi.

 

                 Shuningdek talabalar yomgʻirlatib, tomchilatib sugʻorish texnologiyalarining qanday ishlashi bilan yaqindan amaliy tanishdilar.

 

             Aksiya yakunlangach talabalar turar joyiga koʻtarinki kayfiyat bilan qaytib kelishdi. 4-Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba qizlar turli xil shirinliklar, mevalar, salatlar, hamda bahoriy taomlar tayyorlashdi. Aksiyada ishtirok etgan talabalarni koʻtarinki ruhda kutib olishdi shu bilan kechga iftorlik dasturxoni yozildi.

                      TTJda barcha talaba yoshlar ustozlari bilan birgalikda iftorlik qilishdi.

                 TALABALIK OLTIN DAVR ekanliginini talabalar yana bir bor his qilishdi.

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini                          A.A.Karimov